«bobur bekmurodov» tegli maqolalar


“Yuksalish” energetika tarmog‘ini rivojlantirish uchun xarajatlarni ochiqlashga chaqirdi
18 aprel 2024, 12:15

“Yuksalish” energetika tarmog‘ini rivojlantirish uchun xarajatlarni ochiqlashga chaqirdi

“Yuksalish” harakati rahbariga ko‘ra, elektr energiyasiga yangi tariflarni joriy etish bilan bir paytda sohadagi muammolarni hal etish zarur. Isitish, gaz tizimi yo‘q hududlarni hisobga olish, shuningdek, tizimni rivojlantirishda xarajatlar shaffofligini ta’minlash va differensiyalangan tariflarni kiritish muhim.

Energetika vaziri — yangi binolarning elektr tarmoqlariga bo‘ladigan yuklamasi haqida
24 noyabr 2023, 11:08

Energetika vaziri — yangi binolarning elektr tarmoqlariga bo‘ladigan yuklamasi haqida

Qonunchilik palatasida energetika vaziri deputatning Toshkentda ko‘p qavatli uylar qurilishining oshishi energetika tarmog‘iga qanday ta’sir qilayotgani haqidagi savoliga javob berdi. Uning aytishicha, hozirda yangi texnik shartlar joriy qilingan, avvalgidek yagona darcha orqali ruxsatnoma olish taqiqlangan.

Rossiyalik deputat O‘zbekistonda migrantlar puliga rus tili maktablari qurishni taklif qildi. Munosabat
16 noyabr 2023, 13:35

Rossiyalik deputat O‘zbekistonda migrantlar puliga rus tili maktablari qurishni taklif qildi. Munosabat

Rossiya davlat dumasi raisi o‘rinbosari Pyotr Tolstoy rus tili davlat tili bo‘lmagan mamlakat fuqarolarini ishga joylashtirishni cheklashni, shuningdek, O‘zbekistonda migrantlar puliga rus tili maktablari qurishni taklif qildi. O‘zbekistonlik siyosatchilar deputatga “O‘zbekiston uning tomorqasi emas”ligini eslatdi.

O‘zbek deputatlari rossiyalik deputatning Rossiyada migrantlarning bolalari uchun maktablar qurilishi haqidagi bayonotiga javob qaytardi
21 oktabr 2023, 14:32

O‘zbek deputatlari rossiyalik deputatning Rossiyada migrantlarning bolalari uchun maktablar qurilishi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Rossiyalik deputat Mixail Delyaginga ko‘ra, o‘zbekistonlik migrantlarning bolalari uchun xususiy maktablar qurish taklifi Rossiya fuqarolariga nisbatan “kamsitish” va bu Rossiyaning yo‘q bo‘lishiga olib kelishi mumkin. O‘zbekistonlik deputatlar bu ayblovlar “munosabatlarda hushyorlikka da’vat etishini” ta’kidladi.

“Navbatdagi fantazyor”. O‘zbek faollari rossiyalik deputatning sobiq SSSR davlatlari haqidagi fikriga munosabat bildirdi
13 sentabr 2023, 13:06

“Navbatdagi fantazyor”. O‘zbek faollari rossiyalik deputatning sobiq SSSR davlatlari haqidagi fikriga munosabat bildirdi

Rossiya davlat dumasi deputati Yevgeniy Fyodorov Rossiya Sobiq Ittifoq davlatlari bilan urishishga majbur bo‘lishi, ular SSSRdan noqonuniy ajralib chiqqani haqida fikr bildirdi. O‘zbekistonlik deputatlar buni “nosog‘lom fikr” deya atab, bu so‘zlarga jiddiy munosabat bildirish shart emasligini ta’kidladi.

“Jarimalarni bekor qilish kerak”. “Yuksalish” rahbari — chorrahalardagi “tuzoq”lar haqida
24 avgust 2023, 09:26

“Jarimalarni bekor qilish kerak”. “Yuksalish” rahbari — chorrahalardagi “tuzoq”lar haqida

“Yuksalish” umummilliy harakati rahbari Bobur Bekmurodov so‘nggi haftalarda tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan kameralar aniqlagan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik haqidagi qaydnomalarni tekshirishga chaqirdi. Asossiz chiqarilgan barcha jarimalar bekor qilinishi kerak, deydi u.

O‘zbekistonning gaz va energiya kompaniyalari parlament oldida hisobdor bo‘lishi kerak — deputat
15 fevral 2023, 21:08

O‘zbekistonning gaz va energiya kompaniyalari parlament oldida hisobdor bo‘lishi kerak — deputat

O‘zbekistondagi konlarga xorijiy kompaniyalarni jalb qilish ishlariga parlamentning ham mas’ul bo‘lishi — har qanday ehtimoliy ta’sirlarning oldini oladi, deb hisoblaydi Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov. «Gaz va energiya kompaniyalari parlament oldida hisobdor bo‘lishi kerak», — dedi u.

O‘qish jarayonlarini keyingi haftadan boshlash masalasini ko‘rib chiqishga chaqiramiz — «Yuksalish» harakati raisi
10 yanvar 2023, 15:19

O‘qish jarayonlarini keyingi haftadan boshlash masalasini ko‘rib chiqishga chaqiramiz — «Yuksalish» harakati raisi

«Yuksalish» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov mas’ullarni o‘qish jarayonlarini keyingi haftadan boshlash masalasini ko‘rib chiqishga chaqirdi. «Qarorni nafaqat ta’lim muassasalari ma’muriyati, balki ota-onalar va pedagogik tarkib bilan maslahatlashgan holda qabul qilinishi lozim», — dedi u.

«Lukashenkoning O‘zbekiston haqidagi fantaziyalarini jiddiy qabul qilish shart emas» — siyosatchilar va jamoatchilik faollari
8 fevral 2022, 12:24

«Lukashenkoning O‘zbekiston haqidagi fantaziyalarini jiddiy qabul qilish shart emas» — siyosatchilar va jamoatchilik faollari

Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekiston Ittifoq davlatiga qo‘shilishi mumkinligi bo‘yicha fikriga o‘zbekistonlik siyosatchilar va jamoatchilik faollari munosabat bildirdi. «Yuksalish» harakati raisi Bobur Bekmurodov bu «fantaziyalarni jiddiy qabul qilmaslikni» ta’kidlagan. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev Lukashenko va Solovyovni «o‘tgan-ketganni muhokama qiladigan, hammaning shaxsiy hayotiga burnini tiqadigan kampirlarga» o‘xshatgan. Adliya vaziri maslahatchisi Shahnoza Soatova Tashqi ishlar vazirligidan bu bayonotga munosabat bildirishini so‘ragan.

Rossiyaning taqiqlari JSTga a’zolikni tezlashtirish lozimligini eslatmoqda — deputat
10 dekabr 2020, 23:38

Rossiyaning taqiqlari JSTga a’zolikni tezlashtirish lozimligini eslatmoqda — deputat

«Yuksalish» UMH raisi, deputat Bobur Bekmurodov Rossiya tomonidan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan qo‘yilgan taqiqlar JSTga a’zolikni tezlashtirish lozimligini eslatayotganini ta’kidladi. «Bunday harakatlar tashqi bozorlarimizni diversifikatsiyalashga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini yana bir bor eslatmoqda», — dedi quyi palata deputati.

«Yuksalish» umummilliy harakatiga yangi rais saylandi
27 iyul 2020, 13:26

«Yuksalish» umummilliy harakatiga yangi rais saylandi

Parlament quyi palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi Bobur Bekmurodov «Yuksalish» umummilliy harakati raisi etib saylandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting